Hujayra ichidagi kichik elektr stansiyasi
Har bir hujayrangizda kichik bir elektr stansiyasi bor. U mitoxondriya deb ataladi. Biologiya darsligida uni “hujayraning energiya stansiyasi” deb o‘qiganmiz. Lekin aslida uning ahamiyati undan ham katta. Ayniqsa miya uchun.
Miya doimiy ishlaydi. Bu ish uchun butun tanangiz beradigan energiyaning 20 foizini sarflaydi. Bu energiyani esa mitoxondriyalar ishlab chiqaradi. Ular yaxshi ishlasa, xotirangiz ravshan bo‘ladi. Ishlamasa, xotira muammolari boshlanadi.
Olimlar yillar davomida nima uchun izlanishgan
Altsgeymer kasalligida mitoxondriyalar buzilishi ma’lum edi. Lekin bu buzilish kasallikning sababimi yoki oqibatimish, buni hech kim aniq bila olmasdi. Yangi tadqiqot esa shu savolga javob berdi: mitoxondriya buzilsa, xotira ham yo‘qola boshlaydi.
Energiya berish usuli topildi
Fransiya va Kanada olimlari maxsus oqsil yasab, mitoxondriyani boshqarishni o‘rgandilar. Bu oqsil yordamida ular energiya ishlab chiqarishni yoqib yoki o‘chirib turishdi. Sinovda demensiya belgilari bo‘lgan hayvonlarning mitoxondriyasi tiklandi. Natijada ularning xotirasi ham yaxshilandi.
Bu tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, mitoxondriyalar buzilishi demensiyaning oqibati emas, balki sababidir.
Tadqiqot nima o‘zgartirdi
Ilgari demensiya tadqiqotlarining asosiy e’tibori amiloid plitalariga qaratilgan edi. Olimlar bu plitalarni tozalashga harakat qilishardi. Lekin yangi tadqiqot shuni aytadiki, miya energiyasiz ishlay olmaydi. Plitalarni tozalash bilan birga, energiya ishlab chiqarishni ham tiklash kerak.
Hali odamlarda sinovdan o‘tmagan
Bu tadqiqot sichqonlarda olib borilgan. Odamlarda esa hali sinov boshlanmagan. Lekin bu natija yangi davolash usullariga yo‘l ochib beradi. Mitoxondriya faolligini oshirish, demensiya davolashda yangi yo‘nalish bo‘lishi mumkin.
Kelajakda nima bo‘ladi
Endi olimlar demensiyani faqat plitalar bilan bog‘lamaydi. Ular mitoxondriya, yallig‘lanish va energiya almashinuvini ham muhim hisoblaydilar. Bu yo‘nalishda yana ko‘p tadqiqotlar ketmoqda. Va bu tadqiqotlar demensiya davolash uchun yangi umdlarni ochmoqda.
Xulosa
Miya energiyasi xotira uchun juda muhim. Mitoxondriyalar yaxshi ishlasa, xotira ham saqlanadi. Bu tadqiqot esa bizga yangi yo‘l ko‘rsatmoqda. Hali odamlarda ishlatilmayotgan, flaqat sichqonlarda sinov o‘tkazilgan.